Axborot agentligi
Maʼlumotlar va bozorlar →

SportYangilandi 27.11.2026, 11:25

Ayrim maktablarda voleybol klublari tashkil etiladi

2026-yil 1-dekabrdan har bir viloyat yoki shaharda maktablar qoshida kamida bittadan voleybol klubi tuziladi. 2026/2027 oʻquv yili oxirigacha voleybol infratuzilmali maktablarda toʻgaraklar ochiladi.

Material manbasi · AsiaToday

Qarorga koʻra, Oʻzbekistondagi umumiy taʼlim maktablari qoshida 2026-yil 1-dekabrdan boshlab har bir viloyat yoki shaharda kamida bitta voleybol klubi faoliyat yuritadi. Ular sport anjomlari va jihozlari bilan taʼminlanadi.

Bunday klublarda faoliyat yuritadigan jismoniy tarbiya oʻqituvchilari Oʻzbekiston Voleybol federatsiyasi tavsiyasiga koʻra, sport razryadiga ega boʻlmasa ham, malaka oshirish kurslarida qatnashishi mumkin.

2026/2027 oʻquv yili oxirigacha zarur voleybol infratuzilmasi mavjud barcha maktablarda voleybol toʻgaraklari tashkil etiladi. 1-dekabrdan boshlab klublar oʻrtasida «Kelajak yulduzlari» musobaqalari muntazam oʻtkaziladi.