Mask Skydance media xoldingiga qariyb 1 mlrd dollar sarmoya kiritdi
Avvalroq SpaceX kompaniyaning oʻziga 8–10 mlrd dollar sarmoya kiritishi mumkinligi haqida prognozlar yangragan edi

Mazkur sarmoya boshqa ishtirokchilar, jumladan kompaniya direktorlar kengashi aʼzosi Lorin Pauell Jobs tomonidan Skydance kapitaliga kiritilgan sarmoyalar bilan deyarli bir vaqtda amalga oshirilgan.
Amerikalik media-menejer Jon Meloun SpaceX qarz yukini kamaytirishga yordam berish uchun Skydance kompaniyasiga sarmoya kiritishi mumkin, deb taxmin qilgan. U bunday imkoniyatni Mask bilan Oracle kompaniyasi asoschilaridan biri, Skydance rahbari Devid Ellisonning otasi Larri Ellison oʻrtasidagi yaqin munosabatlar bilan ham bogʻlagan.
Shu oy boshida Skydance qarzni hisobga olgan holda 110 mlrd dollarga Warner Bros. Discovery kompaniyasini sotib olishni yakunlagan.



