Misr kompaniyalari Oʻzbekistondagi agrar tashabbuslarga qiziqish bildirmoqda
Oʻzbekistonda misrlik mutaxassislar qabul qilinib, hamkorlik imkoniyatlari oʻrganiladi va aniq loyihalar tayyorlanadi
20-oktabr, 14:37
Qishloq xoʻjaligi, chorvachilik, sugʻorish va yangi yerlarni oʻzlashtirish sohalaridagi hamkorlik masalalari Misrning olti kompaniyasi vakillari hamda oʻzbekistonlik diplomatlar tomonidan koʻrib chiqildi. Uchrashuvda «Famot», «Delta», «Modern Farming», «SOBEK», «Fruits» va «Pureland» kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
Misr tomoni aylana sugʻorish tizimlariga ega loyihalarni ishlab chiqishga, chorvachilikni rivojlantirishga, yem-xashak bazasini yaratishga hamda keyinchalik eksport qilish uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishga tayyor.
Birlamchi manba: dunyo.info


