RUUZEN
Soʻnggi yangiliklarBugun: Chorshanba, 21-oktabr 2026-yil
MB kursi1 USD 12012.30 UZS1 EUR 13466.99 UZS1 RUB 145.33 UZS
Biznes

«Oʻzbekneftgaz» ilk bor sof foyda koʻrsatdi

2026-yilning dastlabki toʻqqiz oyida 121 ta yoqilgʻi quyish shoxobchasi qayta jihozlandi

21-oktabr, 16:24

Mazkur davr yakunida neft bazalari 25,2 mlrd soʻm miqdorida sof foyda qayd etdi. Bir yil avvalgi natija salbiy boʻlib, 108,3 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Foyda bilan ishlagan korxonalar soni avvalgi uchtaga nisbatan 13 taga yetdi. Neft mahsulotlari yetkazib berish hajmi oshdi, ayrim yoqilgʻi quyish shoxobchalarida esa yangi yonilgʻi tarqatish qurilmalari va videokuzatuv tizimlari paydo boʻldi.

Kompaniya Buxoro neftni qayta ishlash zavodi oldidagi qarzini kamaytirdi. Isteʼmolchilarning debitorlik qarzi miqdori ham qisqardi. Kelgusida sotuvlarni oshirish, yoqilgʻi quyish shoxobchalarini rekonstruksiya qilish, neft bazalari va shoxobchalarni raqamlashtirish rejalashtirilmoqda.

Yana oʻqing