AQSh davlat qarzi tarixiy rekordni oʻrnatdi
Oktyabr oyining birinchi yarmida koʻrsatkich 250 mlrd dollarga oshdi va hozir 40,4 trln dollarni tashkil etmoqda

AQSh davlat qarzlari yangi mutlaq rekordni oʻrnatdi. AQSh Moliya vazirligining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, mamlakat davlat qarzining umumiy hajmi 40,396 trln dollar darajasiga yetdi.
Faqat soʻnggi ikki oy ichida AQSh qarzi qariyb 400 mlrd dollarga oshdi, shundan 250 mlrd dollardan koʻprogʻi oktyabr oyining dastlabki yarmidayoq qoʻshildi.
Moliyaviy tahlilchilar amaldagi surʼatlar saqlanib qolsa, 2030-yilga borib koʻrsatkich 50 trln dollar chegarasidan oshishini prognoz qilmoqda. Oʻz navbatida, AQSh Kongressining Byudjet boshqarmasi bundan ham xavotirli istiqbolni koʻrsatmoqda: 2036-yilga kelib davlat qarzi mamlakat yalpi ichki mahsulotidan 20 foizga oshib ketadi.
Muammoning koʻlami bitta iqtisodiyot doirasidan chiqib ketadi. Avvalroq Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) rahbari Kristalina Georgiyeva barcha davlatlarning global qarzi Ikkinchi jahon urushidan beri kuzatilgan eng yuqori koʻrsatkichlarga jadal yaqinlashayotgani va yaqin vaqt ichida jahon yalpi ichki mahsulotining 100 foizidan oshib ketishi mumkinligidan ogohlantirgandi.

