Kelajakda kredit olish uchun kamroq hujjat talab etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev: banklar faoliyatini moliyalashtirilgan korxonalar sonining oʻsishiga qarab baholash kerak

Hozir kredit rasmiylashtirishda 102 turdagi hujjat talab qilinadi. Ularning 53 tasi allaqachon axborot tizimlarida mavjud, yana 22 tasi kreditlash bilan bevosita bogʻliq emas. Ortiqcha talablarni bekor qilish topshirildi.
Prezident, shuningdek, kredit ajratishda faqat garov bilan cheklanib qolmasdan, pul oqimlari va aniq buyurtmalarni ham hisobga olishni buyurdi. Andijon viloyatida bunday amaliyotni joriy etish avvalroq topshirilgan, bunda 20 ta yangi moliyaviy mahsulot yaratish koʻzda tutilgan.
Endi bu yondashuv Qashqadaryo viloyatida natija koʻrsatishi kerak. Kutilishicha, oʻzgarishlar mahallalardagi tashabbuslarni moliyalashtirishni va yangi ish oʻrinlari yaratilishini tezlashtiradi.



