Oʻzbekiston va Bangladesh erkin savdo toʻgʻrisidagi bitim tuzish imkoniyatini muhokama qildi
Oʻzbekiston va Bangladesh vakillari iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish maqsadida erkin savdo toʻgʻrisidagi bitim tuzish istiqbollarini muhokama qildi.

Bagʻdodda boʻlib oʻtgan Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining 52-yigʻilishi doirasida 18-oktabr kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev va Bangladesh tashqi ishlar davlat vaziri Humayun Kabir oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi.
Muloqotning asosiy mavzusi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish boʻldi. Diplomatlar savdoni faollashtirish, investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish va ishbilarmon doiralar oʻrtasida yangi aloqalarni yoʻlga qoʻyish masalalarini muhokama qildi. Kun tartibidan havo qatnovi hamda turizm sohasidagi hamkorlik masalalari ham oʻrin oldi.
Ikki tomonlama hamkorlikdan tashqari, Oʻzbekiston va Bangladesh vakillari dolzarb xalqaro masalalarni ham koʻrib chiqdi. BMT, IHT va boshqa tashkilotlarda pozitsiyalarni muvofiqlashtirish, shuningdek, oʻzaro manfaatli tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratildi.

