Qashqadaryoda 250 mln dollarlik quyosh elektr stansiyasi quriladi
Shuningdek, Qarshi tumanida chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan obyekt tez orada qurib bitkaziladi
22-oktabr, 16:01

Republish · Пресс-служба Президента · Matbuot materiali
Qashqadaryo viloyatida Masdarning 300 megavatt quvvatli quyosh elektr stansiyasini ishga tushirish kelasi yilga rejalashtirilgan. Loyiha 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimini ham nazarda tutadi, uning qiymati esa 250 mln dollarga baholanmoqda.
Elektr tarmoqlarini kuchaytirish uchun Nishon va Koʻkdala tumanlarida ikkita yirik podstansiya qurilishiga 70 mln dollar yoʻnaltiriladi. Yana 150 mln dollar Tolimarjon — Sugʻdiyona yangi elektr uzatish liniyasi uchun ajratiladi; loyihalarni kelasi yili yakunlash topshirilgan.
Yana oʻqing


