Xitoy iqtisodiyoti yuqori savdo profitsiti fonida 4,5 foizga oʻsdi
Xitoy tashqi savdosining profitsiti yanvar–sentabr oylarida ichki talab zaifligi fonida 938 mlrd dollarga yetdi.
Iyul–sentabr oylarida Xitoy yalpi ichki mahsuloti (YaIM) yillik hisobda 4,5 foizga oʻsdi. Bu aprel–iyun oylaridagi koʻrsatkichdan yuqori boʻldi: oʻsha davrda iqtisodiyot 4,3 foizga oʻsgan edi.
Koʻchmas mulk bozoridagi koʻp yillik pasayish uy xoʻjaliklari farovonligini kamaytirdi va aholini koʻproq jamgʻarishga undadi. AQShning oshirilgan tariflari ikki tomonlama savdoning bir qismini chekladi. Shundan soʻng Xitoy Janubi-Sharqiy Osiyo, Lotin Amerikasi va Yevropadagi bozorlarni faolroq izlay boshladi.
Tovarlar savdosida kuniga 1,1 mlrd dollardan ortiq taqchillik boʻlgan sharoitda, Pekin bilan yaqin bir necha yil ichida Xitoy gibrid avtomobillari importini taxminan ikki baravarga qisqartirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Kornell universiteti iqtisodchisi Esvar Prasadning fikricha, barqaror va katta savdo profitsiti tufayli Xitoy jahon iqtisodiy oʻsishining harakatlantiruvchi kuchidan uni jilovlovchi omilga aylandi. Xitoy Xalq banki rahbari Pan Gongsheng savdo taqchilligi va profitsitiga ega mamlakatlar savdo nomutanosibliklarini bartaraf etish ustida birgalikda ishlashi kerakligini aytdi.


