Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 11 903,15EUR 13 329,15RUB 146,75Juma, 23-oktabr 2026-yil
Madaniyat

«Dyuna 3» IMAXʼdagi chipta savdolarida «Odisseya» rekordini premyeragacha yangiladi

Londonda film aynan 70 mm IMAX formatida namoyish etiladi

22-oktabr, 18:02
Republish · Warner Bros.

«Dyuna 3» dastlabki 24 soatlik oldindan sotuvlar davomida BFI IMAXʼda £880 mingdan ( $988 ming) koʻproq mablagʻ toʻplab, kinoteatrning bir kunlik eng yaxshi natijasini qayd etdi. Kinoteatrda boʻlib oʻtadigan namoyishlar uchun 33 000 ta chipta sotildi.

BFI IMAX reytingida rejissyor Deni Vilnyovning filmi Kristofer Nolanning «Odisseya»sini ortda qoldirdi: uning birinchi kundagi natijasi £750 mingni tashkil etgan.

«Dyuna 3»ning BFI IMAXʼdagi dastlabki oldindan namoyishlari 15 dekabrga rejalashtirilgan. Timoti Shalame va Zendeia ishtirokidagi film avvalgi qism voqealaridan qariyb yigirma yil oʻtib Pol Atreydes tarixini davom ettiradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing