Edrian Brodi Toshkentda «Oltin globus» homiyligidagi marosimda qatnashdi
23–24 oktabr kunlari Toshkentda Amerikaning «Oltin globus» kino mukofoti homiyligidagi Silk Road Tribute Gala tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz kino ijodkorlarining yutuqlariga bagʻishlandi.
Marosimda xorijlik va oʻzbekistonlik kino arboblari, jumladan, Edrian Brodi, Olga Kurilenko, Kira Chaplin va Aleksey Vorobyov qatnashdi.
Tadbir doirasida besh mamlakat — Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Gruziya va Armaniston vakillariga mukofotlar topshirildi. Oʻzbekistonlik rejissyor Ali Hamrayev va aktrisa Gulchehra Jamilova kinematografiya rivojiga qoʻshgan hissasi uchun «Meridian» mukofotini oldi.
«Kashshof» mukofotiga Ozarbayjondan Tahmina Rafaella va Gruziyadan Levan Koguashvili sazovor boʻldi. «Mayoq» mukofotini qozogʻistonlik aktrisa Shugʻila Yeshen va armanistonlik aktyor Samvel Tadevosyan oldi.
Yana oʻqing



