BMTda global chiqindilarni 2030 yilgacha 18 foizga qisqartirishga chaqirildi
UNEP prognozlariga koʻra, mamlakatlarning yangilangan vaʼdalari bajarilgan taqdirda ham global harorat sanoatgacha boʻlgan davr darajasiga nisbatan 2,6°C ga oshishi mumkin.
Tashkilot hisobotida aytilishicha, mamlakatlar chiqindilarni qisqartirish boʻyicha uzoq muddatli maqsadlarni aniq qisqa muddatli choralarga aylantirishga ulgurmayapti.
Mualliflar 2025 yilda chiqindilar umuman olganda avvalgi yil darajasida qolganini qayd etadi. Biroq geosiyosiy vaziyat va qazib olinadigan yoqilgʻiga qaramlikning kuchayishi bilan bogʻliq noaniqliklar sababli, qayta tiklanuvchi energetikaning jadal rivojlanishiga qaramay, buni choʻqqi yoki barqaror plato deb atamaydi.
UNEP ijrochi direktori Inger Andersen isishni vaqtincha 1,5°C chegarasidan oshirmagan holda shu daraja doirasida ushlab turish imkoniyati yopilganini, biroq mamlakatlar bu chegaradan oshib ketish davrini baribir qisqa muddat bilan cheklashi mumkinligini aytdi. Buning uchun issiqxona gazlari chiqindilari 2045 yilgacha 45 foizga kamayishi kerak; mualliflar buni tez amalga oshirish usullaridan biri sifatida metan chiqindilarini qisqartirishni koʻrsatadi.