Poytaxtdagi yana ikki koʻchada avtobuslar uchun alohida yoʻlak qurilishi boshlandi
25-oktabrdan Yangi Sergeli va Amir Temur shoh koʻchasida harakat cheklangan, biroq yoʻllar toʻliq yopilmaydi
26-oktabr, 11:21

Republish · Пресс-служба Президента
Yangi Sergelida uzunligi 1 368 metr boʻlgan yoʻl qismi, Amir Temur shoh koʻchasida esa 1 430 metrli yoʻl qismi ajratiladi.
Birinchi qism Choshtepa koʻchasidan SOUEAST servis markazi binosigacha choʻziladi. Ikkinchi qism Ahmad Donish koʻchasi yaqinidagi yoʻl oʻtkazgich bilan Shahriston koʻchasi kesishmasi oraligʻida joylashgan.
Haydovchilarga vaqtinchalik yoʻl belgilariga amal qilish va zarur boʻlsa, aylanma yoʻnalishlarni tanlash tavsiya etiladi.




