Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 11 903,15EUR 13 329,15RUB 146,75Juma, 23-oktabr 2026-yil
Jamiyat

Tramp Atlantika okeanining nomini oʻzgartirmoqchi boʻlgan

U bu haqda Google rahbaridan soʻragan, biroq u rad javobini bergan

23-oktabr, 17:43
Republish · Photo by Markus Spiske on Unsplash

Donald Tramp Google bosh direktori Sundar Pichayga Google xaritalarida Atlantika okeanining nomini oʻzgartirish taklifi bilan murojaat qilganini aytdi. AQSh yetakchisining soʻzlariga koʻra, IT-gigant bu safar taklifni rad etgan, garchi avvalroq Vashingtonning shunga oʻxshash talablariga yon bergan boʻlsa ham.

Janubiy Karolinada tarafdorlari oldida soʻzlagan Tramp texnologiya giganti rahbari bilan boʻlgan telefon suhbatining tafsilotlarini aytib berdi. «Meni faqat ikkita okean qiziqtiradi: Atlantika va Tinch okeanlari. Men boshqa biror suv havzasiga Tramp yoki Amerika nomini bermoqchi emasman. Shuning uchun biz Atlantika okeani masalasini jiddiy koʻrib chiqdik va men Google Mapsʼga qoʻngʻiroq qildim... Men: “Sundar, Atlantika okeani haqida oʻylab qoldim”, dedim», — deya Tramp suhbatni qayta hikoya qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, Sundar Pichay bu tashabbusni qatʼiyan rad etgan: «Yoʻq, yoʻq, yoʻq. Bu safar men bunday qilmayman... Okeanlar boshqa masala, janob. Ular koʻplab mamlakatlar qirgʻoqlarini yuvib turadi. Iltimos, bizdan buni soʻramang». Trampning qoʻshimcha qilishicha, u bu javobdan soʻngcha gʻoyani vaqtincha chetga surib, odatdagi nomni saqlab qolishga qaror qilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Avvalroq Google Trampning geografik obyektlar nomini oʻzgartirish boʻyicha shov-shuvli tashabbuslariga rozi boʻlgan, bu esa qoʻshni davlatlarning keskin tanqidiga sabab boʻlgan edi. AQShdagi foydalanuvchilar uchun xaritalarda Meksika qoʻltigʻi «Amerika qoʻltigʻi» (Gulf of America) deb qayta nomlangan. Ottava bilan savdo mojarolari fonida Ontario koʻliga mahalliy «Amerika koʻli» (Lake America) nomi berilgan.

Google AQSh foydalanuvchilariga yangi nomlarni, qavs ichida tarixiy nomlari bilan birga, koʻrsatadi. Meksika va Kanada aholisi uchun esa kompaniya servislarida anʼanaviy geografik nomlar saqlanib qolmoqda.

Yana oʻqing