«Menga dam olish kerak»: Shvyontek tennis mavsumini muddatidan oldin yakunladi
Bu mavsumda polshalik tennischi Toronto shahrida oʻtkazilgan WTA 1000 turnirida gʻalaba qozondi va hozir WTA reytingida toʻqqizinchi oʻrinda bormoqda.
22-oktabr, 19:08

Wikimedia Commons · Navin75 · CC BY-SA 4.0
Iga Shvyontek mavsumni muddatidan oldin yakunlashini eʼlon qildi. U bu qarorini soʻnggi oylar va bir necha yil davomida toʻplangan zoʻriqishdan keyin dam olib, kuchlarini toʻliq tiklash zarurati bilan izohladi.
Tennischi bu mavsumni faoliyatidagi eng qiyin mavsumlardan biri deb atadi, biroq yilning ikkinchi yarmida erishilgan taraqqiyotni taʼkidladi.




