RUUZEN
Soʻnggi yangiliklarBugun: Seshanba, 20-oktabr 2026-yil
MB kursi1 USD 12044.72 UZS1 EUR 13525.02 UZS1 RUB 145.46 UZS
Texnologiyalar

Beeline Uzbekistan egasiga Perfectumʼni muayyan shartlar asosida sotib olish maʼqullandi

Raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi abonentlarni VEONʼning raqamli xizmatlaridan foydalanishga majburlashni taqiqladi.

20-oktabr, 14:58

Perfectum brendi ostida mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi «Rubicon Wireless Communication» AJning 100 foiz aksiyalarini sotib olishga dastlabki rozilik berildi.

Bitimni Birlashgan Arab Amirliklarida roʻyxatdan oʻtgan VEON UZB Holding Ltd. amalga oshiradi. Unga Oʻzbekistonda Beeline brendi ostida faoliyat yurituvchi Unitel kompaniyasining 100 foiz ulushi ham tegishli.

Perfectum kamida uch yil davomida mustaqilligini saqlashi, 5G Standalone tarmogʻi esa Oʻzbekistonning boshqa hududlarida rivojlantirilishi kerak. Amaldagi abonentlar uchun 5G FWA tariflarini 12 oy davomida oʻzgartirish mumkin emas; oʻrtacha tezlik 300 Mbit/s dan kam boʻlmasligi lozim.

Bundan tashqari, shartlar xizmat koʻrsatish sifatining asossiz yomonlashtirilishiga, abonentlar maʼlumotlaridan raqobatni cheklash uchun foydalanishga yoki ularni qonunni buzgan holda xorijdagi serverlarga uzatishga yoʻl qoʻymaydi. Bitim ishtirokchilari «Raqobat toʻgʻrisida»gi qonunga rioya qilishi shart.

Yana oʻqing