Toshkentda Xorvatiyaning faxriy konsulligi ish boshladi
U biznes, turizm va madaniyat sohalaridagi aloqalarni rivojlantirish bilan shugʻullanadi
22-oktabr, 12:05
Konsullikning ochilish marosimi 21-oktabr kuni boʻlib oʻtdi. Tashabbusni Xorvatiya prezidenti Zoran Milanovich ilgari surgan.
Marosimda Xorvatiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Refik Shabanovich, diplomatlar, davlat organlari xodimlari va ishbilarmon doiralar vakillari qatnashdi. Vakolatxona oʻz vakolatlari doirasida Xorvatiya fuqarolariga yordam beradi.



