Axborot agentligi
Maʼlumotlar va bozorlar →

JamiyatYangilandi 25.11.2026, 18:14

VW xodimlari kompaniya kelajagini «dafn etish» uchun namoyishga tobutlar olib chiqdi

Volkswagen kompaniyasining qariyb 4,5 ming xodimi rahbariyat bilan muzokaralar oldidan Germaniyaning Emden shahrida namoyishga chiqdi.

Material manbasi · Chronicle

qwesy qwesy / Wikimedia Commons

Ishchilar shiorlar aytib, ustiga «kelajak» va «ishonch» deb yozilgan qora tobutlarni olib chiqdi. Ularning soʻzlariga koʻra, bu kompaniya kelajagiga tahdidni ramziy ifodalagan, deb xabar bermoqda Reuters.

Muzokaralar qariyb ikki soat davom etdi va kelishuvsiz yakunlandi. Keyingi uchrashuv 15 dekabr kuni — yanvarda vaʼda qilingan ish tashlashlargacha boʻlib oʻtadi. Mojaro Volkswagen kompaniyasining Germaniyada qariyb 100 mingta ish oʻrnini qisqartirish, toʻrtta zavodni yopish va 2027–2028-yillarda ish haqini muzlatish rejalariga borib taqaladi. Kompaniya, shuningdek, imtiyozlarni qisqartirish va 35 soatlik ish haftasi shartlarini qayta koʻrib chiqishni taklif qilmoqda.