AQSh Adliya vazirligi firibgarlarga qarshi tarixdagi eng yirik kampaniyani eʼlon qildi
AQSh Adliya vazirligi xalqaro firibgar tarmoqlarga qarshi kampaniya natijalarini eʼlon qildi: 800 dan ortiq ayblanuvchiga 400 dan ziyod ish boʻyicha ayblov qoʻyildi.
Material manbasi · Chronicle

AQSh Adliya vazirligi prezident Donald Trampning jinoiy sxemalarga qarshi kurash haqidagi farmonidan soʻng firibgar tarmoqlarga qarshi keng koʻlamli kampaniya natijalarini eʼlon qildi. Idora federal sudlarda koʻrilayotgan ishlar boʻyicha yangi ayblovlar, ekstraditsiyalar, ayblov hukmlari va qamoq jazolari haqida maʼlum qildi.
FQB direktori Kash Patel Operation Blackout xalqaro operatsiyasi doirasida huquq-tartibot idoralari qariyb 17 mlrd dollar miqdoridagi noqonuniy mablagʻ va 14 000 dan ortiq raqamli qurilmani olib qoʻyganini bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, AQSh idoralari koʻmagida xorijdagi hamkorlar boshqa mamlakatlarda gumonlanuvchilarni ham qoʻlga olgan, firibgarlik markazlaridan esa sxemalarda qatnashishga majbur qilingan 2 200 dan ortiq xodim ozod qilingan.
AQSh bosh prokurori Todd Blansh hukumat nafaqat alohida firibgarlarni, balki transmilliy jinoiy tashkilotlarni ham taʼqib qilishini aytdi. Kampaniya kriptovalyutaga investitsiya kiritish sxemalari, intim xarakterdagi tovlamachilik va jinoyatchilarning davlat organlari vakili sifatida koʻrinish berishi bilan bogʻliq holatlarni qamrab oladi. Gallup maʼlumotiga koʻra, amerikaliklar 2025 yilda firibgarlik sababli qariyb 68 mlrd dollar yoʻqotgan.
