FT maʼlumotlariga koʻra, Nvidia Janubi-Sharqiy Osiyoga sunʼiy intellekt serverlari yetkazib berishni toʻxtatishni buyurdi
Server ishlab chiqaruvchilar mintaqaning toʻrt davlatidagi mijozlariga Nvidia buyurtmalarni joʻnatishni taqiqlaganini bildirdi. Bunga AQShning yangi eksport qoidalari sabab boʻlgan.
Material manbasi · finactive

Yetkazib berishlar xavf ostida qoldi, Singapurdagi Aolani bulutli kompaniyasi esa 500 mln dollarlik loyihasini moliyalashtirishdan ayrilmoqda. Nvidia mintaqaga sunʼiy intellekt uchun grafik protsessorlar yetkazib berishni davom ettira oladimi-yoʻqmi, hozircha nomaʼlum boʻlib turgan bir paytda, banklar kredit berishni toʻxtatdi.
Dell, Supermicro va boshqa server ishlab chiqaruvchilar Singapur, Tailand, Malayziya va Indoneziyadagi mijozlariga taqiq joriy etilgani haqida xabar berdi. Bu koʻrsatma doimiy yoki vaqtinchalik boʻlishi nomaʼlum.
AQShning yangi qoidalari bulutli xizmat koʻrsatuvchi provayderlarga eksport litsenziyasini olish va ularning mijozlari orasida cheklangan tashkilotlar yoʻqligini tasdiqlash uchun 90 kun muhlat beradi. Sanoat rahbarlaridan biri Financial Timesʼga regulyator arizalarni topshirish tartibini tushuntirmaganini aytdi.
Cheklovlar Xitoyning sunʼiy intellekt kompaniyalariga Xitoydan tashqarida hisoblash quvvatlarini ijaraga olish imkoniyatini yopadi. Aolani ByteDanceʼga bunday hisoblash quvvatlarini yetkazib berish boʻyicha kelishuv tuzgan, biroq Xitoy kompaniyasi modellarni oʻqitish uchun Nvidia chiplaridan foydalanish imkoniga ega boʻlmasa, bu kelishuvdan voz kechishi mumkin.
AQSh 2022-yildan beri ilgʻor sunʼiy intellekt chiplarining Xitoyga eksportini cheklab kelmoqda. 2025-yil dekabrida Nvidiaʼga H100 chiplarini u yerga yetkazib berishga ruxsat berildi, biroq xaridorlar AQSh Savdo vazirligidan litsenziya olishi kerak, shuningdek, har bir chip uchun 25 foiz miqdorida yigʻim undiriladi.
