DR Kongo Demokratik Respublikasida tasdiqlangan Ebola holatlari 12 mingdan oshdi
DR Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi bilan zararlanishning 12 021 ta tasdiqlangan holati qayd etildi, 5 904 bemor vafot etdi.
Material manbasi · Globo

DR Kongo Milliy jamoat salomatligi instituti soʻnggi hisobotiga koʻra, kasallikdan oʻlim darajasi 49,1 foizni tashkil etgan. Epidemiya mamlakat shimoli va sharqidagi 26 provinsiyaning sakkiztasini qamrab olgan.
Noyabr oyida JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus epidemiya hamon xalqaro ahamiyatga ega jamoat salomatligi sohasidagi favqulodda vaziyat deb hisoblanayotganini aytdi. Afrika Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi ogohlantirishicha, DR Kongo sharqidagi gumanitar inqiroz, beqarorlik va aholining koʻchishi Ebola isitmasining «qitʼa miqyosidagi yirik avj olishi»ga olib kelishi mumkin.
Avj olish haqida 15 may kuni Ituri provinsiyasida rasman eʼlon qilingan. Kasallik Uganda va Janubiy Sudanda ham aniqlangan. Avgust oxirida JSST Ugandada infeksiya tarqalishi toʻxtaganini maʼlum qildi.
