Don Toliver Manchesterdagi hodisadan keyin Londondagi ikki konsertini boshqa sanaga koʻchirdi
Amerikalik rep ijrochisi Manchesterdagi konsertda yuz bergan hodisadan keyin The O2 va OVO Arena Wembleyʼdagi chiqishlarini boshqa sanaga koʻchirdi.
Material manbasi · Herald

Londondagi konsertlarning yangi sanalari mos ravishda 15 va 14 dekabr boʻldi. Tashkilotchilar konsertlar boshqa sanaga koʻchirilganini Toliverning sahna va ishlab chiqarish uskunalari Manchesterdagi joyda qolib ketgani hamda ularni Londonga vaqtida yetkazib boʻlmagani bilan izohladi.
Har ikki konsert uchun chiptalar oʻz kuchida qoladi. Manchesterdagi boʻlib oʻtmagan konsert uchun tomoshabinlarga pullari avtomatik tarzda qaytarilishi vaʼda qilindi.
Hodisadan keyin Co-op Live arenasidan 12 000 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi. Buyuk Manchester politsiyasi maʼlumotlariga koʻra, modda taʼsiri bilan bogʻliq deb taxmin qilinayotgan alomatlar 89 nafar tashrif buyuruvchida namoyon boʻlgan. Bir ayol shifoxonaga olib borildi, qolganlarga joyida yordam koʻrsatildi va ular vaqtincha Etihad stadioniga joylashtirildi.
Politsiya dastlab olomonga koʻzdan yosh oqizuvchi gaz tushgan deb taxmin qildi, biroq bu hozircha tasdiqlanmagan. Politsiya hodisani kengroq xavf tugʻdirmaydigan alohida holat deb hisoblamoqda hamda moddaning tarkibi va kelib chiqishini aniqlashda davom etmoqda. Hibsga olinganlar boʻlmagan.
