Axborot agentligi
Maʼlumotlar va bozorlar →

AvtoYangilandi 27.11.2026, 10:37

BYD Whale miniveni 2026-yilgi Guanchjou avtosalonida 900 km yurish zaxirasi bilan ilk bor namoyish etildi

BYD Guanchjoudagi avtosalonda Whale modelini taqdim etdi. Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, minivenning elektr versiyasi CLTC sikli boʻyicha 900 km gacha yura oladi.

Material manbasi · Mainstream

carnewschina.com

Whale BYDʼning Ocean liniyasidagi ilk koʻp maqsadli avtomobil boʻldi. Minivenning uzunligi 5270 mm, eni — 1996 mm, balandligi — 1815 mm, gʻildirak bazasi esa 3130 mm. Model seriyadagi boshqa avtomobillar uslubidagi dizaynga va tomga oʻrnatilgan lidarga ega boʻldi. Salon tafsilotlari hozircha oshkor etilmadi, biroq avtomobil 2+2+3 sxemasi boʻyicha yetti oʻrindiqli boʻlishi mumkin.

Xitoyda miniven ikki xil variantda sotuvga chiqariladi: elektrda 400 km yurish zaxirasiga ega ulanadigan gibrid va CLTC boʻyicha 900 km gacha yuradigan toʻliq elektr versiya. Batareya hamda boshqa texnik xususiyatlar haqidagi maʼlumotlar hozircha eʼlon qilinmagan. Har ikki modifikatsiya tez quvvatlash funksiyasiga ega boʻladi: quvvat 10 foizdan 97 foizgacha toʻqqiz daqiqada toʻldiriladi.

Mavjud maʼlumotlarga koʻra, Whale modelining Xitoydagi savdolari 2027-yilning birinchi choragida boshlanadi. Taxminiy narxi qariyb 42 000 dollarni tashkil etadi. Avtomobil Godʼs Eye haydovchiga yordam berish tizimi bilan jihozlanadi: BYD taʼrifiga koʻra, tizim manzildan manzilgacha yoʻnalish tuzishi va haydovchi nazorati ostida avtomobilni mustaqil boshqarishi mumkin.