Gukesh va Sindarov jahon chempionligi uchun bahsning 2-partiyasida durang oʻynadi
Gukesh Dommaradju va Javohir Sindarov jahon chempionligi uchun bahsning ikkinchi partiyasini durang bilan yakunladi. Ikki partiyadan soʻng hisob 1:1.
Material manbasi · Overtimes

Durang 20-yurishda yurishlar uch marta takrorlangach qayd etildi. Bahsda gʻalaba qozonish uchun shaxmatchilardan biri 7,5 ochko toʻplashi kerak.
Reglamentga koʻra, raqiblar klassik vaqt nazoratida koʻpi bilan 14 ta partiya oʻynaydi: dastlabki 40 yurish uchun 120 daqiqa, qolgan yurishlar uchun yana 30 daqiqa beriladi. 41-yurishdan boshlab har bir yurish uchun oʻyinchilarga 30 soniyadan qoʻshiladi. Agar klassik partiyalardan keyin hisob teng boʻlib qolsa, tezkor shaxmatda tay-brek oʻtkaziladi.
