Axborot agentligi
Maʼlumotlar va bozorlar →

Boks va MMAYangilandi 26.11.2026, 22:55

Oʻzbekiston chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari Jahon kubogida medallarni qoʻlga kiritdi

Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari universal jang boʻyicha Jahon kubogida sovrindor boʻldi. Turkiyaning Mersin shahrida oʻtgan turnir haqida DXX xabar berdi.

Material manbasi · Overtimes

Musobaqada 15 mamlakatdan qariyb 400 nafar jangchi qatnashdi. Oʻzbekiston terma jamoasi safida Chegara qoʻshinlari vakillari ham ishtirok etdi, ulardan ikki nafari shohsupaga koʻtarildi.

Leytenant Sodir Mahmudov 85 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida turnir gʻolibi boʻlib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Kichik serjant Muhammadlaziz Kayumov esa kumush medalni qoʻlga kiritdi.