Flavio Kobolli Devis kubogi chorak finalida dunyoning 139-raketkasiga yutqazdi
Dunyoning yettinchi raketkasi Flavio Kobolli Kvon Son Uga 6:3, 6:7 (3:7), 6:7 (5:7) hisobida yutqazdi. Janubiy Koreya Italiya bilan hisobni tenglashtirdi.
Material manbasi · Overtimes

Kobolli kortda 2 soat 53 daqiqa boʻldi. Italiyalik tennischi sakkizta eys urdi, uchta qoʻsh xato qildi va 12 ta breyk-poyntdan uchtasini amalga oshirdi. Kvon Son U oltita eys qayd etdi, oltita qoʻsh xatoga yoʻl qoʻydi va toʻrtta breyk-poyntdan bittasidan foydalandi.
Kunning ilk uchrashuvida Lorenzo Muzetti Xon Son Channi 6:0, 7:6 (7:5) hisobida magʻlub etdi. Shu sabab Devis kubogi chorak finali gʻolibi juftlik bahsida aniqlanadi.
