Imron «Sevganingni bilmay qolsan» nomli yangi qoʻshigʻini taqdim etdi
Oʻzbekistonlik xonanda yangi kompozitsiyasini chiqardi. Uning klipida aktrisa Sitora Xudoynazarova suratga tushgan.
Material manbasi · spotlight

24 noyabr kuni oʻzbekistonlik xonanda Imron «Sevganingni bilmay qolsan» nomli yangi kompozitsiyasini taqdim etdi. Premyera uning rasmiy YouTube kanalida boʻlib oʻtdi.
Qoʻshiq tez orada tinglovchilar eʼtiborini tortdi va video ostidagi izohlarda ijobiy fikrlar bildirildi. Musiqiy klipdagi asosiy rollardan birini aktrisa Sitora Xudoynazarova ijro etdi.
