Axborot agentligi
Maʼlumotlar va bozorlar →

MusiqaYangilandi 26.11.2026, 14:57

U2 yangi Carnaval de Luz albomi bilan Billboardʼning uchta chartida yetakchilik qildi

Guruhning yangi albomi Billboardʼning birdaniga yettita chartida top-10 talikka kirdi, jumladan Billboard 200’da toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

Material manbasi · spotlight

billboard.com

U2 guruhining Carnaval de Luz nomli yangi studiyaviy albomi AQSh musiqa chartlarida muvaffaqiyatli debyut qildi. Billboardʼning 28 noyabrdagi maʼlumotlariga koʻra, albom birdaniga uchta chartda birinchi oʻrinni egalladi: Top Rock Albums, Vinyl Albums va Indie Store Album Sales.

Bundan tashqari, reliz Billboard 200’da toʻrtinchi oʻringa chiqib, guruhning ushbu chart top-10 taligiga kirgan 14-albomiga aylandi. Top Album Sales chartida u ikkinchi, Top Alternative Albums va Top Rock & Alternative Albums chartlarida ham ikkinchi oʻrinni egalladi.

Albom AQShdagi ilk haftasida 49 mingta ekvivalent birlik toʻpladi. Shundan 42,5 mingtasi, jumladan 22 mingta vinil nusxa, savdolarga toʻgʻri keldi. Yana 5,5 mingta birlik striming orqali tinglashlar, 1 mingta birlik esa alohida treklar savdosi ekvivalenti hisobiga taʼminlandi.

Avvalroq Silencio nomli yetakchi singl U2ning Alternative Airplay chartiga kirgan 45-kompozitsiyasiga aylandi. Ayni paytda guruh The Greatest Show on Earth jahon gastrolining Shimoliy Amerika bosqichini eʼlon qildi. Gastrol avgust oyida Mayamidagi konsert bilan boshlanadi.

Shuningdek, Billboard albomlar savdosi chartida ATEEZ guruhining GOLDEN HOUR : Part.6 relizi debyut qilib, ushbu reytingda birinchi oʻringa chiqqan guruhning sakkizinchi albomiga aylandi.