Ella Purnell ishtirokidagi «Dorogusha» trillerining ikkinchi mavsumi chiqdi
Serial davomining barcha olti epizodi allaqachon Buyuk Britaniyaning Sky va NOW striming platformalarida tomosha qilish uchun mavjud.
Material manbasi · spotlight

26 noyabr kuni bosh rolni Ella Purnell ijro etgan «Dorogusha» serialining ikkinchi mavsumi premyerasi boʻlib oʻtdi. Davomning barcha olti epizodi bir vaqtning oʻzida Sky va NOW striming servislarida taqdim etildi.
Syujet yana bir bor notanish kishi bilan tanishganidan keyin hayoti oʻzgargan ofis xodimasiga eʼtibor qaratadi. Yangi qismlarda qahramon shaxsiy hayotini yoʻlga qoʻyishga, tahririyatda lavozimi oshishiga erishishga va oilaviy uyni sotishga urinadi. Biroq hammasini boshidan boshlash oson boʻlib chiqmaydi: qizning qoʻl yozuviga taqlid qiladigan va uning rejalarini barbod qilish bilan tahdid qiladigan nomaʼlum shantajchi paydo boʻladi.
«Dorogusha»ning birinchi mavsumi 2025 yil oktabrida chiqdi va tanqidchilar hamda tomoshabinlardan asosan ijobiy baholar oldi. Bosh rolni, shuningdek, «Fallout» serialidagi Lucy MacLean obrazi bilan ham tanilgan Ella Purnell ijro etadi.
