Axborot agentligi
Maʼlumotlar va bozorlar →

ITYangilandi 27.11.2026, 01:26

1Password buzildi: mijozlar maʼlumotlari oʻgʻirlandi, parollarga kirilmadi

1Password 19-noyabr kuni ichki tizimi buzilganini tasdiqladi: xaker mijozlar maʼlumotlarini yuklab olgan, biroq parol omborlariga kira olmagan.

Material manbasi · AIDaily

3dnews.ru

Xaker servisning dastlabki kodi saqlanadigan GitHub platformasida xodimning korporativ akkauntidan foydalangan. U akkauntga kirgach, 1Passwordʼning ichki serverlariga zararli kod joylashtirgan va mijozlar ismlari, elektron pochta manzillari, akkauntlar yaratilgan hamda oxirgi marta kirilgan sanalar koʻrsatilgan bazani yuklab olgan.

Kompaniya maʼlumotiga koʻra, parol omborlariga «hech bir bosqichda» kirilmagan. Servis arxitekturasi 1Passwordʼga maʼlumotlarni shifrlaydigan foydalanuvchi master-parollari va maxfiy kalitlarini olish imkonini bermaydi. Ilovalar va brauzer kengaytmalari ham zarar koʻrmagan.

Xodimning GitHubʼdagi akkaunti aynan qanday buzilgani, sizib chiqishdan nechta foydalanuvchi taʼsirlangani va xaker tovon puli talab qilib kompaniya bilan bogʻlangan-bogʻlanmagani hozircha nomaʼlum. 1Passwordʼdan butun dunyoda millionlab xususiy mijozlar va 200 mingdan ortiq kompaniya foydalanadi.