Amazon 2027-yilda Germaniyaga 16 mlrd yevrodan ortiq sarmoya kiritadi
Dastur doirasida maʼlumotlar markazlari, Amazon Leo sunʼiy yoʻldosh interneti, logistika tashabbuslari va Prime Video uchun filmlar ishlab chiqarish koʻzda tutilgan

Amazon 2027-yilda Germaniyaga ish oʻrinlari, texnologiyalar va infratuzilmaga 16 mlrd yevrodan ortiq sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Frankfurt shahridagi Amazon Web Services bulutli hududini kengaytirishga 4,8 mlrd yevro ajratiladi.
Bu rejalar 20-oktabr kuni Invest in Germany sammiti vaqtida eʼlon qilinadi. Sammitni Germaniya hukumati oʻtkazadi, unda kansler Fridrix Merts ham ishtirok etadi.
Amazonning xalqaro va yuridik masalalar boʻyicha bosh direktori Devid Zapolski Germaniyani sarmoya kiritish uchun jozibador mamlakat deb atadi. Uning taʼkidlashicha, kompaniya 2010-yildan beri mamlakatga 100 mlrd yevrodan ortiq sarmoya kiritgan. Germaniya Federal iqtisodiyot va energetika vaziri Katerina Rayxe Amazon rejalarini Germaniyaga ishonch votumi sifatida baholadi.

