RUUZEN
Soʻnggi yangiliklarBugun: Payshanba, 22-oktabr 2026-yil
MB kursi1 USD 11965.51 UZS1 EUR 13437.27 UZS1 RUB 145.96 UZS
Biznes

Anthropic 2026 yilning birinchi yarmida 80 mlrd dollar zarar koʻrganini maʼlum qildi

Kompaniya tushumi oshdi, biroq sunʼiy intellekt infratuzilmasiga xarajatlar ham koʻpaydi

22-oktabr, 12:50
Unsplash · Brett Wharton

Anthropic 2026 yilning dastlabki olti oyida 80 mlrd dollardan ortiq sof zarar koʻrgan. Bu haqda IPO uchun prospekt loyihasida maʼlum qilingan. Zararlarning asosiy qismi moliyalashtirish jalb qilish uchun chiqarilgan konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar va boshqa moliyaviy instrumentlar qiymatining oʻzgarishi sababli hisobdan chiqarilgan 72 mlrd dollar bilan bogʻliq.

Kompaniya, shuningdek, yaqin yillarda qoʻshimcha hisoblash quvvatlarini sotib olishga 750 mlrd dollargacha mablagʻ yoʻnaltirishi mumkinligini bildirgan. Ehtimoliy bitimlarning ayrimlari hozircha muhokama qilinmoqda. Hujjatda Anthropic mahsulotlaridan kelib chiqishi mumkin boʻlgan zarar, jumladan murakkab kiberhujumlar va nazorat qilinmaydigan modellar tomonidan amalga oshiriladigan shantaj ehtimoli xavflar qatorida keltirilgan.

Anthropic izoh soʻroviga javob bermadi. Nashr vaqtida ommaga ochiq boʻlmagan maʼlumotlarni tezkor tekshirishning imkoni boʻlmadi.

Yana oʻqing