Formula 1 va Leica qariyb 10 ming dollarlik fotokamerani taqdim etdi
Kamera karbon detallari, bolid rulining teksturasiga oʻxshash qoplama hamda suratlarning kontrasti va toʻyinganligini kuchaytiruvchi rejimga ega boʻldi.

Leica Formula 1 bilan litsenziya shartnomasini tuzib, cheklangan miqdordagi Leica Q3 43 Formula 1 Edition kamerasini chiqardi. U oktabr oxirida Leica doʻkonlari, kompaniyaning onlayn-doʻkoni va ixtisoslashgan sotuvchilar orqali sotuvga chiqarildi.
Yuqori panel va obyektiv qopqogʻiga F1 logotipi joylashtiriladi, toʻplamga esa brendga xos tasma va ichi qizil qadoq kiritildi. Karbon komponentlar Germaniyada ishlab chiqarilib, sinovdan oʻtkazildi.
Kamera Leica Q3 43 modelining texnik asosini saqlab qoldi: 43 mm fokus masofasiga ega APO-Summicron 43 f/2 ASPH obyektivi, toʻliq kadrli sensor, gibrid avtofokus va video yozish imkoniyati.
