Meta sunʼiy intellektni rivojlantirish uchun 95 mlrd dollargacha mablagʻ jalb qilmoqchi
Kompaniya maʼlumotlar markazlarini qurish va sunʼiy intellekt infratuzilmasini kengaytirishni moliyalashtirish uchun aksiyalarini sotmoqchi.
Facebook, Instagram va WhatsAppʼga egalik qiluvchi Meta aksiyalarni joylashtirish orqali 95 mlrd dollargacha mablagʻ jalb qilish rejalarini eʼlon qildi. Kompaniya bu summaning qariyb 35 mlrd dollarini allaqachon eʼlon qilingan takliflar doirasida, yana 60 mlrd dollarini esa ovoz berish huquqisiz aksiyalarni kelajakda sotish hisobidan olishni rejalashtirmoqda. Bunday sotuv 2027 yilda boshlanishi mumkin.
Nvidia, AMD va Broadcom chip ishlab chiqaruvchilari Meta aksiyalarini har biri 5 mlrd dollargacha boʻlgan summaga sotib olishga qiziqish bildirdi, biroq hozircha yakuniy majburiyatlarni oʻz zimmasiga olmadi.
Jalb qilingan mablagʻlar kompaniyaga hisoblash quvvatlarini kengaytirish va sunʼiy intellekt asosidagi mahsulotlarni rivojlantirishga yordam beradi. Meta 2026 yilda kapital xarajatlarga 135–145 mlrd dollar yoʻnaltirishni rejalashtirmoqda.


