Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Soʻnggi yangiliklarBugun: Payshanba, 22-oktabr 2026-yil
MB kursi1 USD 11965.51 UZS1 EUR 13437.27 UZS1 RUB 145.96 UZS
Biznes

Netflix aksiyalari ikki yildagi eng past darajaga tushmoqda

Yil boshidan buyon ular qariyb 30 foizga arzonlashdi

22-oktabr, 15:01

Chorshanba kungi dastlabki savdolarda Netflix aksiyalari 7 foizga arzonlab, har bir aksiya uchun 64 dollardan pastga tushdi. Kompaniyaning toʻrtinchi chorak uchun tushum prognozi Uoll-strit kutganidan biroz past boʻldi, yil boshidan buyon esa aksiyalar qariyb 30 foiz qiymatini yoʻqotdi.

Netflix yangi mashhur seriallar va filmlar yordamida tomoshabinlar faolligini oshirishga urinmoqda. Kompaniyaning hamraisi Ted Sarandos uning yanada yaxshi ishlashi mumkinligini aytdi; bundan avval Netflix kontent yoʻnalishi rahbari Bela Bajariyani ishdan boʻshatgan, uning oʻrnini Peter Rice egallashi kutilmoqda. Kompaniya, shuningdek, ming nafar xodimini qisqartirdi.

Tahlilchilar kompaniyaning keyingi strategiyasi borasida turlicha fikrda. Ayrimlari Netflix YouTube, TikTok va Instagram bilan raqobatlashib, qisqa videolar yoʻnalishini rivojlantirishi kerak deb hisoblaydi. Boshqalari esa reklama, toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiyalar va kontentni litsenziyalash boʻyicha hamkorliklarda salohiyat borligini taʼkidlaydi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing