RUUZEN
Soʻnggi yangiliklarBugun: Chorshanba, 21-oktabr 2026-yil
MB kursi1 USD 12012.30 UZS1 EUR 13466.99 UZS1 RUB 145.33 UZS
Biznes

Oʻzbekistonda yiliga 1 million tonna baliq yetishtirish rejalashtirilmoqda

2027-yil 1-martgacha respublikada 4 mingdan ortiq meliorativ quduqni inventarizatsiyadan oʻtkazish rejalashtirilmoqda

21-oktabr, 14:43
Unsplash · Collab Media

Prezident Shavkat Mirziyoyev yiliga 1 million tonna baliq yetishtirishga moʻljallangan loyihalar bilan tanishdi.

Baliqchi tumanidagi 24 ta meliorativ quduq chavoq yetishtirish va ozuqa tayyorlashdan tortib, mahsulotni qayta ishlash, saqlash va sotishgacha boʻlgan toʻliq siklni qamrab oluvchi baliqchilik majmualariga kiritilishi rejalashtirilmoqda. Har bir obyekt uchun yiliga kamida 30 tonna forel yetishtirish koʻrsatkichi belgilangan.

Takliflardan biri baliqchilik xoldingini tashkil etish boʻldi. Xonobodda sovuq suv baliqlarini yetishtirish va qayta ishlash, shuningdek, Ulugʻnor suv havzalarida baliqchilikni rivojlantirish rejalari ham alohida koʻrib chiqildi. Masʼullarga tashabbuslarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash hamda aholini baliqchilikka oʻqitish xarajatlarini qoplash topshirildi.

Birlamchi manba: president.uz

Yana oʻqing