Qurilish kompaniyalari yangi uylardagi liftlarga bir yil xizmat koʻrsatishga majbur qilinadi
“Xavfsiz lift” orqali liftlar va ehtiyot qismlarni xarid qilish tashkil etiladi; uskunalar har oy, har chorakda, yarim yilda bir marta va yiliga bir marta tekshiriladi.
24-oktabr, 12:16
22-oktabr kuni Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi liftlarni roʻyxatdan oʻtkazish, ulardan foydalanish va texnik xizmat koʻrsatish qoidalarini tasdiqladi.
Yangi koʻp qavatli uylar foydalanishga topshirilgach, qurilish tashkilotlari oʻrnatilgan uskunaga yana bir yil xizmat koʻrsatishi kerak boʻladi. Bunday uylar aholisi lift kabinalarida qurilish materiallari va chiqindilarni, oʻtkir hidli kimyoviy moddalarni, shuningdek, ichiga xavfsiz joylashtirib boʻlmaydigan buyumlarni tashiy olmaydi.



