SpaceX va Tesla mikrosxemalarni oʻzlari seriyali ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi
Ilon Mask chiplar ishlab chiqarishni ulkan Terafab korxonasida 2028 yilning uchinchi choragidayoq yoʻlga qoʻyishni moʻljallamoqda.

Ostindagi tadqiqot maydonchasida ilk ishlaydigan namunani taxminan 2027 yil may yoki iyun oylarida olish rejalashtirilmoqda. Bu SRAM — konstruksiyalarni tekshirish va ishlab chiqarish jarayonlarini sozlashda qoʻllanadigan statik tezkor xotira — negizidagi mikrosxema boʻladi.
SpaceX va Tesla loyihasi kompaniyalarning yarimoʻtkazgichlar ishlab chiqarish boʻyicha oʻz quvvatlarini yaratishi kerak. Niderlandiyaning ASML kompaniyasiga tegishli EUV uskunalari haqidagi savolga javob berar ekan, Mask buyurtmalar mavjudligini tasdiqlamadi, biroq yetkazib berishlarni tezlashtirishga koʻmaklashgani uchun taʼminotchilarga minnatdorlik bildirdi.
