Oʻzbekiston va Ozarbayjon Yevropada qoʻshma turistik yoʻnalishlarni taqdim etdi
Germaniya, Shvetsiya va Finlyandiyaning turizm sohasi vakillari hamda OAV uchun toʻrtta shaharda taqdimotlar oʻtkazildi.
26-oktabr, 16:33

gov.uz · Комитет по туризму Республики Узбекистан
Taqdimotlarda Oʻzbekistondagi Samarqand, Buxoro va Xivani Ozarbayjondagi Boku, Shamaxi va Shaki bilan bogʻlaydigan yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratildi. Ular yevropalik sayohatchilarni ikki mamlakat tarixi, meʼmorchiligi, madaniyati, anʼanalari va gastronomiyasi bilan tanishtirishga qaratilgan.
Roud-shou doirasida turistik kompaniyalar va turoperatorlar oʻrtasida B2B uchrashuvlari oʻtkazilib, hamkorlik hamda umumiy turistik paketlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Tashabbus, shuningdek, Yevropa bozori uchun takliflarni kengaytirish va Oʻzbekiston hamda Ozarbayjonga sayyohlar oqimini oshirishga qaratilgan.
Birlamchi manba: gov.uz
Yana oʻqing



