Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Soʻnggi yangiliklarBugun: Payshanba, 22-oktabr 2026-yil
MB kursi1 USD 11965.51 UZS1 EUR 13437.27 UZS1 RUB 145.96 UZS
Madaniyat

Sauron nihoyat «Hokimiyat uzuklari»ning uchinchi fasli treylerida Yagona uzukni taqadi

Yangi qismlar premyerasi 11 noyabr kuni Prime Video platformasida boʻlib oʻtadi. Voqealar elflar va Sauron oʻrtasidagi urush atrofida kechadi.

22-oktabr, 15:40
cdnrrviubnyuntopbez5.svc.cdn.yandex.net · Кадр из сериала «Властелин колец: Кольца власти» · Matbuot materiali

«Uzuklar hukmdori: Hokimiyat uzuklari» serialining uchinchi fasli uchun rasmiy treyler chiqdi. Videoda Galadriel, Elrond va Gandalf Oʻrta Yer kuchlarini birlashtiradi, Sauron esa oʻz qoʻshinlarini jangga boshlab boradi. Qahramonlar oʻrtasidagi romantik munosabatlar ham rivojlanadi.

Voqealar ikkinchi fasldagi hodisalardan bir necha yil oʻtib boshlanadi. Sauron urushda ustunlikka erishish va Oʻrta Yer xalqlarini oʻz irodasiga boʻysundirish uchun Yagona uzukni yaratishga intiladi.

Serial shourannerlari va ijrochi prodyuserlari Jey Di Peyn hamda Patrik Makkey yangi fasl yanada qorongʻi va xavfliroq boʻlishini maʼlum qildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing