Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 11 838,92EUR 13 248,94RUB 147,05Dushanba, 26-oktabr 2026-yil
Fan va salomatlik

Toshkentda ilk bor robot va sunʼiy intellekt yordamida endoprotezlash amalga oshirildi

Barcha hududlardagi shifokorlar operatsiyani onlayn kuzatdi, operatsiya boshlanishidan oldin esa robot bemorning KT tasvirlarini oʻrgandi.

26-oktabr, 16:16

Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida robot-assistent yordamida son boʻgʻimi almashtirildi. Tizim jarrohlik aralashuvi davomida yuqori aniqlikdagi harakatlarni amalga oshirdi. Ogʻir deformatsiyalarda protezni joylashtirish burchagini toʻgʻri tanlash ayniqsa muhim.

Travmatolog-ortoped Dilshod Shamsimetovning taʼkidlashicha, texnologiya endoprotezni aniqroq tanlash va oʻrnatish, asoratlar ehtimolini kamaytirish hamda reabilitatsiyaga tezroq oʻtish imkonini beradi. Jarayonda Xitoy va Rossiya mutaxassislari ishtirok etdi.

Kelgusida robotlashtirilgan operatsiyalarni markazning hududiy filiallarida ham joriy etish rejalashtirilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing