Toshkentda yangi onkologiya markazi paydo boʻladi
Loyihaning bosh konsultanti Janubiy Koreyaning AUM & LEE konsorsiumi boʻladi
26-oktabr, 12:40

Republish · Министерство здравоохранения РУз
Koreyaning AUM & LEE Architects & Associates kompaniyasi vitse-prezidenti Li Von Sok Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri Eldor Odilov bilan uchrashdi. Tomonlar 265 oʻrinli markazni tashkil etish boʻyicha keyingi qadamlarni muhokama qildi, shundan soʻng konsultatsiya xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzildi.
Muassasa xodimlarining amaliy tayyorgarligi uch bosqichda oʻtkazilib, tibbiy xizmatlar sifati, radiologiya, yadro tibbiyoti va nur terapiyasini qamrab oladi. Koreya Eksport-import banki bilan hamkorlikda Toshkentda tashkil etilayotgan markaz tibbiyot klasterining muhim obyektiga aylanadi.



