Daniil Medvedev Olmaotadagi turnir chorak finaliga chiqdi
Tennischi keyingi uchrashuvda dunyoning 98-raketkasi, fransiyalik Terans Atman bilan oʻynaydi.
23-oktabr, 14:04

Wikimedia Commons · Hameltion · CC BY-SA 4.0
Olmaotadagi turnirning ikkinchi bosqichida Medvedev yaponiyalik Se Simabukuroni 6:2, 6:1 hisobida magʻlub etdi. Oʻyin bir soatdan kam davom etdi.
Medvedev jahon reytingida beshinchi oʻrinda va ATP 250 toifasidagi musobaqada birinchi raqam ostida saralangan. Simabukuro 109-oʻrinni egallab turibdi.
Rossiyalik Karen Xachanov ham chorak finalga chiqdi. Uning raqibi Qozogʻiston vakili Aleksandr Bublik boʻladi.




