Anthropic Claude Duet AI-agentini namoyish etdi — u Meta Museʼga raqib boʻladi
Hozircha dastlabki versiya faqat AQShdagi pullik Pro va Max obunalariga ega foydalanuvchilar uchun mavjud

Claude Duet ulangan ilovalardagi voqealarni mustaqil kuzatadi, ertalab qisqacha xulosa yuboradi va foydalanuvchining ishtiroki zarur boʻlganda unga murojaat qiladi. Agent Claude Opus 5.5 modeli asosida ishlaydi, uchrashuvlarni rejalashtirishi, axborot panellarini yaratishi, prognozlar va veb-ilovalar prototiplarini tayyorlashi mumkin.
Foydalanuvchi oflayn boʻlganida ham xizmat ishlashda davom etadi, biroq xatlar yuborish, toʻlovlarni amalga oshirish, hujjatlarni imzolash va maʼlumotlarni oʻchirishdan oldin tasdiq soʻraydi. Foydalanuvchining roziligi boʻlsa ham, qimmatli qogʻozlar savdosi va hisoblar oʻrtasidagi pul oʻtkazmalari taqiqlangan.
Claude Duet parollar va tokenlarga toʻgʻridan-toʻgʻri kira olmaydi, himoya mexanizmlari esa maxfiy maʼlumotlarni uzatishni bloklaydi. Anthropic kompaniyasi dastlabki versiya kontekst va vazifalarning shoshilinchligini tushunishda xatolarga yoʻl qoʻyishi, shaxsiy topshiriqlarni esa hozircha unchalik samarali bajarmasligi mumkinligidan ogohlantirdi.



