Anthropic jamoat uchun foydali tashabbuslarga milliardlab dollar yoʻnaltiradi
AQSh kompaniyasi qiymati qariyb 48 mlrd dollar boʻlgan aksiyalarining 5 foizini jamoat uchun foydali tashabbuslarni moliyalashtirishga yoʻnaltirmoqchi.
Anthropic Anthropic Public Benefit Fund nomli alohida kompaniya tuzish rejalarini eʼlon qildi. U aksiyalarni boshqaradi, shuningdek, notijorat tashkilotlariga xayriyalar qiladi yoki ayrim guruhlarga toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlovlarni amalga oshiradi.
Anthropic rivojlanib borgani sari yangi tuzilmaga oʻtkaziladigan aksiyalar ulushi ham oshib boradi. Qimmatli qogʻozlarning dastlabki 5 foizini ajratish hozircha aksiyadorlar maʼqullashini kutmoqda. Kompaniya bunday mexanizm xayriya faoliyati koʻlamini kengaytirish va jamoat uchun muhim loyihalarni yanada moslashuvchan moliyalashtirish imkonini beradi, deb hisoblamoqda.


