Audi AQShda $4 mlrdlik zavod quradi: korxonada Q7, Q8 va Q9 yoʻltanlamaslari ishlab chiqariladi
Uchta SUV modelini ishlab chiqarish 2030-yillarning boshida boshlanishi kerak, korxonaning quvvati esa yiliga 200 000 tagacha avtomobilni tashkil etadi.
Audi Jorjiya shtatida qiymati $4 mlrd boʻlgan zavod qurishni rejalashtirmoqda. Bu brendning AQShdagi ilk ishlab chiqarish obyekti boʻladi. Kompaniya Amerika bozoridagi savdolarini oshirish va avtomobillar importiga qoʻyiladigan tariflarga qaramligini kamaytirishni koʻzlamoqda.
Audi bosh direktori Gernot Döllner bu qarorni biznes loyihasi deb atadi va u Germaniyaga qarshi qaratilmaganini bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, Germaniya Audi uchun tayanch boʻlib qoladi, avtomobillarni ishlab chiqish va texnologiyalar yaratish ishlari ham shu yerda davom etadi.
Oʻtgan yili AQSh tariflari Audiʼga 1,2 mlrd yevroga tushdi, chunki kompaniya AQSh bozori uchun barcha avtomobillarni Yevropa yoki Meksikadan import qiladi. Yangi korxona ishlab chiqarishining qariyb yarmini AQShdan tashqariga eksport qilish rejalashtirilmoqda; Audi investitsiyalar va ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlarni keyinroq taqdim etishini aytmoqda.



