BMW elektromobillar uchun yangi avlod akkumulyatorlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi
Shenyandagi korxonaga 10 mlrd yuan investitsiya qilindi; uning maydoni BMWning akkumulyator ishlab chiqarish boʻyicha avvalgi quvvatlaridan besh baravar katta.

Shenyanda BMW oltinchi avlod akkumulyatorlarini ishlab chiqarishni boshladi. Korxona yirik silindrsimon yacheykalarni ommaviy ishlab chiqarishga moʻljallangan, kompaniya endilikda ushbu avlod elektr tizimining uchta asosiy qismini ham Xitoyda ishlab chiqaradi.
Yangi BMW i3 sinovlari odatiy yoʻl sharoitida quvvatlamasdan 1213 km masofani bosib oʻtish mumkinligini koʻrsatdi. Yoʻl oxirida sigʻimi 113,4 kVt·soat boʻlgan batareyada energiyaning 1 foizi saqlanib qolgan.
Akkumulyatorlar uchun 800 V kuchlanishli arxitektura koʻzda tutilgan. Bundan tashqari, BMW batareya elementlari va kuch qurilmasi komponentlarini yanada zichroq birlashtirishga intilmoqda.


