BYDʼning yangi elektr yoʻltanlamasi 1 ming km yurish masofasiga ega boʻladi
Xitoyda oldindan buyurtmalar 26-oktabrda boshlanadi
23-oktabr, 16:05

Republish · BYD
Denza N8 EV ilgari Xitoyda plagin-gibrid sifatida sotilgan yirik SUVʼning toʻliq elektr versiyasiga aylanadi.
Model BYD Blade akkumulyatorining ikkinchi avlodini va CLTC sikli boʻyicha 1 003 km gacha yurish masofasini oladi. Model qatoridan orqa gʻildirakdan tortuvchi versiya hamda uchta motorli toʻliq uzatmali variant oʻrin oladi; ikkinchisining umumiy quvvati 890 kVtni tashkil etadi.
Salon markaziga katta ekran, shuningdek diagonali 43 dyuym boʻlgan panoramali proyeksiya displeyi oʻrnatiladi.


