Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 11 903,15EUR 13 329,15RUB 146,75Juma, 23-oktabr 2026-yil
Texnologiyalar

Daft Punk uchun rasmiy LEGO toʻplami yaratiladi

Konstruktor futuristik dubulgʻalari va elektron musiqa janridagi xitlari bilan tanilgan musiqachilarga bagʻishlanadi.

23-oktabr, 11:46
engadget.com · Lego

LEGO Ideas Alive 2007 gastrol safarining piramida shaklidagi sahnasi aks etgan toʻplam haqidagi muxlislar gʻoyasini ishlab chiqish bosqichiga oʻtkazishga ruxsat berdi. Loyiha Lyuksemburgdagi ota va oʻgʻil yaratgan modelga asoslangan.

Taqdim etilgan videoda Daft Punk minifiguralari ularni detallardan yigʻilgan konsolga boshlab borayotgan qizil golografik LEGO kubigi ortidan ergashadi. Videoga «Voyager» va «Human After All» kompozitsiyalari saundtrek boʻlgan.

Bu gʻoya 2020 yilda LEGO Music to Our Ears tanlovida gʻolib boʻlgan, keyin esa LEGO Ideas platformasida 10 000 nafar tarafdor toʻplagan. Loyiha muallifi Patrik Harbun rasmiy versiya ustidagi ishni davom ettiradi; namoyish etilgan muxlislar modeli yakuniy mahsulot hisoblanmaydi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing