Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 11 838,92EUR 13 248,94RUB 147,05Dushanba, 26-oktabr 2026-yil
Texnologiyalar

Jahon gigantlari sunʼiy intellektni axloqiy qilish uchun dindan foydalanmoqchi

Kompaniyalar 15 dan ortiq diniy guruh vakillari boʻlgan olimlar, ruhoniylar va faylasuflar bilan maslahatlashuvlar oʻtkazayotganini maʼlum qilmoqda

26-oktabr, 11:02
Republish · Photo by Igor Omilaev on Unsplash

IT-kompaniyalar rahbarlari, jumladan OpenAI, Anthropic, Google, Meta va Microsoft vakillari turli diniy konfessiyalarning ilohiyotshunoslari, faylasuflari va ruhoniylari bilan muntazam uchrashuvlar oʻtkazayotgani maʼlum boʻldi.

Ishlab chiquvchilar neyron tarmoqlarga insoniyatning axloqiy meʼyorlaridan olingan universal «vazminlashtirilgan oʻrtacha xulosa»ni yuklamoqchi.

Anthropic kompaniyasida taʼkidlanishicha, maqsad neyron tarmoq Claudeʼni bitta diniy anʼanaga bogʻlab qoʻyish emas, balki murakkab axloqiy savollarga javob berishda uni turli madaniyatlar donishmandligiga tayanishga oʻrgatishdir. Bunday savollar bolalar tarbiyasidan tortib, inson ruhi haqidagi tasavvurgacha boʻlgan mavzularni qamrab oladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Antropolog olimlar va diniy arboblarning oʻzi IT-gigantlarining bu yondashuvi din tushunchasini soddalashtirib yuborishidan ogohlantirmoqda. Texnologik kompaniyalar eʼtiqodlardan ularni marosimlar, tarix va madaniyatdan uzgan holda, quruq axloqiy koʻrsatmalarni ajratib olishga urinmoqda.

Bunday yondashuv muqaddas matnlari va aniq amrlariga ega boʻlgan Ibrohimiy dinlar — xristianlik, islom va yahudiylik bilan eng yaxshi ishlaydi. Boshqa anʼanalar, masalan, buddizm yoki hinduizm esa buzib talqin qilinishi mumkin.

Ekspertlar sunʼiy intellektning dunyodagi barcha taʼlimotlarni bir uyumga yigʻishga urinishi donishmandlikning tabiiy sinteziga emas, balki har bir anʼananing oʻziga xosligi yoʻqolib, uning «hech narsani anglatmaydigan oddiy qorishma»ga aylanishiga olib kelishidan xavotirda.

Birlamchi manba: Fortune

Yana oʻqing